Özbekistonda mamlakat iqtisodiyotini valyuta islohotlarini ötkazişga, ya'ni milliy valyutaning xalqaro valyutalarga erkin almaşinuvini yölga qöyişga hozirlik körmoqda. Xalqaro Press-klub sessiyada iştirok etgan spikerlar bu mavzuni ham çetlab ötişmadi. Xususan, konvertatsiya masalasida fikr bildirgan Özbekiston Iqtisodiyot vaziri örinbosari Şuhrat Ismoilovga köra, bunda ayrim mahsulotlar tanqisligi kuzatilişi va ularning qimmatlaşişi kuzatilişi mumkin.
«Bizning zaxiralar ayrim sohalarning yangi şaroitlarga moslaşib olişdagi yöqotişlarini qoplaşga yetadi. Asosiy masala – inflyatsiya, pulning qadrsizlanişi. Şu narsa aniqki, iqtisodiyot liberallaştirilganda, ayrim mahsulotlar qimmatlaşadi. Bunga bizning mahsulotlarning taşqi bozorlarda narxi böyiça raqobatbardoş bölgani ham sabab böladi. Xorijiy mamlakatlarda özbek mahsulotlariga talab ortganidan söng, içki bozorda tanqislik yuzaga kelişi mumkin», – dedi Şuhrat Ismoilov.
Uning aytişiça, hukumatning moliya-iqtisodiy idoralari bu masalani ham jiddiy örganmoqda.
«Gap şundaki, barça sohalar, bank tizimi va bizlarning asosiy işlab çiqaruvçilarimiz valyuta liberallaşuviga bir onda yoki bosqiçma-bosqiç ötişimizdan qaysi biriga tayyor? Biz bu yönalişda XVJ bilan köplab muhokamalarni olib bordik, qaysi sohalar zarar köradi, ularni qança muddatga moliyaviy qöllab-quvvatlaşimiz kerak böladi? Uşbu holatlar Markaziy bank, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari bilan tahlil qilinmoqda. Yana bir marta takrorlayman, biz barça sohalarimizni erkin valyuta kursiga tayyorlaşimiz kerak», – dedi Iqtisodiyot vaziri örinbosari.












