«Yuventus» hujumçisi Paulo Dibala boşqa klubga ötişi mumkinligini inkor qilmadi. Oldinroq matbuotda unga «Barselona» jiddiy qiziqayotgani xabar qilingandi.

«Barselona» va «Real» kabi klublardan qiziqiş bölayotgani kişini xursand qiladi. Bu sen öz işingni töğri bajarayotganingni bildiradi. Ammo şu bilan birga bu qiziqişlarning qançalik haqiqat ekani ham muhim. Çunki transferlar oynasi vaqtida juda köp bu kabi turli miş-mişlar tarqaladi. Men bu kabi miş-mişlarni suriştirib yuradiganlar toifasidan emasman.

Hozir «Yuventus»da özimni baxtiyor his qilmoqdaman va kelgusi mavsumni muvaffaqiyatli ötkaziş uçun maşğulotlarga zör bermoqdaman. Agar kimdandir taklif tuşsa, klub meni boxabar qiladi va  ketiş yoki qoliş istagimni söraydi.

«Barselona»ning qiziqişi? Barçasi klubga boğliq. Undan keyin menga», — degan Dibala Sky Sport Italia naşriga bergan intervyusida.

Dibala «keksa sinora» bilan 2022 yilga qadar möljallangan şartnomaga ega.