Avval xabar qilinganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlaş sifatini oşirişda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda doktorantlarning ilmiy-tadqiqot işlari bilan şuğullanişiga moddiy şart-şaroitlar yaratiş maqsadida ularning stipendiyasining 50 foizigaça moddiy rağbatlantirilişi işlab çiqariş korxonalari va taşkilotlari hisobidan amalga oşirilişini, doktorantura bitiruvçilari oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariga yöllanma asosida yuborilişini, ularning mehnat faoliyatini rağbatlantiriş uçun bazaviy doktoranturaning 2-kursidan imtiyozli ipoteka kreditini 25 yil muddatga ajratiş mexanizmi joriy etilişini nazarda tutuvçi Hukumat qarorini qabul qiladi. 

Oliy ta'lim muassasalariga biriktirilgan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, vazirliklar va idoralar rahbarlari ikki oy muddatda: 

tegişli vazirliklar va idoralar huzurida oliy ta'lim muassasalarida öquv-metodik rahbarlikni amalga oşiriş, şu jumladan, öquv rejalari va dasturlarini takomillaştiriş, ta'lim sifatini oşiriş, ilmiy işlarning samarali olib borilişini taşkil qiliş kabi vazifalarni amalga oşiriş uçun oliy ta'lim muassasalari rahbarlari, sohaning yetuk mutaxassislari, professor-öqituvçilaridan iborat tarkibdagi Muvofiqlaştiruvçi kengaşlarini taşkil etadi; 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib çiqib biriktirilgan har bir oliy ta'lim muassasasini 2030 yilgaça bölgan davrda rivojlantiriş Kontseptsiyasini işlab çiqsin va tasdiqlasin, şuningdek, qarorda oliy ta'lim muassasasi böyiça belgilangan parametrlarni sözsiz bajariş, şu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaş, professor-öqituvçilarni xorijiy ta'lim muassasalariga malaka oşiriş va stajirovkaga, iqtidorli bitiruvçilarni magistratura va doktoranturaga yuboriş, şuningdek, öquv laboratoriya bazasini yangilaş böyiça belgilangan topşiriqlarning bajarilişini har çorak yakuni böyiça muntazam muhokama qilib borişni yölga qöyadi; 

2021 yilgaça biriktirilgan oliy ta'lim muassasalaridan kamida bittasining nufuzli xalqaro reyting agentliklari tomonidan e'tirof etilişini (reyting röyxatida e'lon qilinişini) ta'minlaş böyiça aniq maqsadli çora-tadbirlarni işlab çiqadi.