Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning katta akasi Kim Çen Namning öldirilişida ayblanayotgan ayollar işi böyiça jarayon 2 oktabr kuni boşlanadi. Bu haqda Reuters Malayziya Oliy sudi qaroriga asosan xabar bermoqda.

Indoneziyaning 25 yoşli fuqarosi Siti Aysia va Vetnamning 29 yoşli fuqarosi Doan Txi Xuong uşbu işda gumonlanuvçi sifatida ötmoqda. Agarda ularning aybi isbotlansa, ölim jazosiga mahkum etilişi mumkin

13 fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida Şimoliy Koreya fuqarosi öldirildi. Uning yonidan Kim Çxol nomiga rasmiylaştirilgan pasport bölgan. Malayziya politsiyasi ma'lumotlariga köra, u Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning akasi Kim Çen Nam bölgan. Erkakning terisida asab-falajlovçi VX moddasi izlari topildi. Bu modda esa kimyoviy qurol töğrisidagi xalqaro konvensiya tomonidan taqiqlangan.