28 iyul kuni «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner yölovçi samolyoti Toşkent-Nyu-York-Toşkent yönalişi böyiça birinçi marta töğridan-töğri parvozni amalga oşirdi. Şu munosabat bilan Islom Karimov nomidagi «Toşkent» xalqaro aeroportida «Orzu layneri»ni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi. 

Ekipaj komandiri Pavel Morgaçev, Boeing 787 parvoz otryadi uçuvçi-instruktori Aleksey Markin hamda ikkinçi uçuvçi Uluğbek Eşmuhamedov «Orzu layneri»ni Toşkent aeroportigaça boşqarib keldi. 

Qayd etiş kerak, mazkur parvoz MAK va Özbekiston aviatsiyasi tarixida birinçi transatlantik uzluksiz parvoz hisoblanadi. 

27 iyul kuni Özbekiston milliy aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Toşkentdan AQŞning Nyu-York şahriga qönişlarsiz parvozni amalga oşirgandi. Uni «Özbekiston havo yöllari» MAKning Parvozlar kompleksi direktori örinbosari Sergey Kim, aviakompaniya boş şturmani Stanislav Gurfinkel, Boeing 787 parvoz otryadi qömondoni Asadjon Tursunov, ikkinçi uçuvçilar Rustam Qörğonov va Olimjon Uzoqov tarkibidagi ekipaj boşqarib borişdi.

Bugun, 28 iyul kuni bortida 243 nafar yölovçi bilan uşbu samolyot ikkinçi uzluksiz parvozni amalga oşirib, Islom Karimov nomidagi «Toşkent» xalqaro aeroportiga kelib qöndi. Ekipaj komandiri Pavel Morgaçevning ma'lum qilişiça,  Nyu-Yorkdan qönişlarsiz amalga oşirilgan parvoz 11 soat 20 daqiqa davom etgan. Uning sözlariga köra, parvoz çoğida heç qanday köngilsizliklar bölmagan, yölovçilardan ham şikoyat tuşmagan. Barçasi köngildagidek amalga oşgan.

«Kun.uz» muxbiri Nyu-Yorkdan Toşkentga birinçi marta töğridan-töğri parvozda uçib kelgan yölovçilar bilan suhbatlaşganida, ular samolyot bortida xizmat körsatiş darajasini yuqori baholab, samolyotning qulayligini e'tirof etişdi. 

Zamonaviy, barça qulayliklarga ega va eng sönggi texnologiyalar bilan jihozlangan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarida Toşkent-Nyu-York-Toşkent yönalişida uzluksiz parvozni amalga oşiriş Milliy aviakompaniya tarixida yangi davr boşlanganidan dalolatdir. «Orzu layner»larining uşbu yönalişda ekspluatatsiya qilinişi Milliy aviataşuvçi yölovçilariga yuqori darajadagi qulaylikda Nyu-Yorkka borişni ta'minlaydi. «Orzu layneri»da Nyu-Yorkka parvoz 12 soatni, Toşkentga qaytiş 11 soatni taşkil etadi.