Özbekiston joriy yilning oxirigaça Jizzax viloyatidagi neftni qayta işlaş zavodi uçun 500 ming tonna neftni xarid qilişga tayyor. Bu haqda respublika boş vaziri Rossiya boş vazirining birinçi örinbosari Igor Şuvalovga yöllagan maktubida xabar berdi, deb yozmoqda "Izvestiya" naşri.

Rossiya kompaniyalari neft oqimlarini eksportga allaqaçon taqsimlab bölgan bölsa-da, "Rosneft" bu hajmdagi neftni yetkazib beriş masalasini körib çiqişga tayyor ekani aytildi. Bugungi kunga qadar yetkazib beruvçi kompaniya böyiça masala oçiq edi. Şuningdek, Qozoğistonga neft quvurining ötkaziş quvvatini 0,5 mln tonnaga oşiriş imkoniyati ham bor, deb aytib ötgan naşrga Rossiya energetika vazirligiga yaqin manba.

Davlatlar örtasidagi memorandum Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Moskvaga aprel oyidagi taşrifi davomida imzolangan. Öşanda Jizzax viloyatida neftni qayta işlaş yangi zavodi qurila boşlandi. Ayni kunda Özbekistonda uçta neftni qayta işlaş zavodi bor – Farğona, Oltiariq va Buxoro. Naşrning qayd etişiça, xomaşyo yetişmovçiligi sabab zavodlar töla quvvat bilan işlamayapti, qisman import xomaşyosida işlamoqda.

Biroq imzolangan hujjatga qaramay, Rossiyadan neftni yetkazib beriş hali boşlanmadi. Respublika boş vaziri Abdulla Aripov jarayonni tezlaştiriş uçun Igor Şuvalovga maktub yöllab, “Rossiya kompaniyalari işini taşkil etişda kömak berişni söragan”.

“Bugungi kunda özbek tomoni 30 ming tonna neftni sinov tariqasida qabul qilib oliş va 2017 yilning oxiriga qadar 500 ming tonnagaça neftni xarid qilişga, yillik xarid hajmini 2018-2020 yillar davrida 1 million tonnaga qadar yetkazişga tayyor”, - deyiladi hujjatda.

2020 yilning oxirida işga tuşirilişi rejalaştirilgan neftni qayta işlaş yangi zavodi yiliga 5 mln tonnagaça neftni qayta işlaşga qodir böladi. Özbekiston ulardan 3 mln tonnani kelajakda Rossiyadan va 2 mln tonnani Qozoğistondan import qilmoqçi, deya ta'kidlanadi maktubda, deb yozadi naşr.

Rossiya kompaniyalari neftni energetika vazirligi har çorakda murojaatlar böyiça taşkil etadigan grafik asosida eksport qiladi. Ularga jiddiy özgarişlar kiritiş mumkin emas, sababi “Transneft” quvur tizimi operatori quvvatlarni uzoq muddatli taqsimlaşni rejalaştiradi. Biroq “Rosneft” Özbekiston bilan boğliq vaziyatda, Xitoyga mahsulot yetkazib beriş böyiça rejalarni qurbon qilişga tayyor.

— “Rosneft” Özbekistonga rus neftini Omsk-Pavlodar-Çimkent quvuri orqali yetkazib beriş imkoniyatini örganib çiqmoqda, — deya aytib ötişgan naşrga neft kompaniyasida.