24 iyulda Facebook ijtimoiy tarmoğida Toşkent şahridagi Rio Grand kafesida yuz bergan noxuş voqea jiddiy muhokamalarga sabab bölmoqda. Unda S.U. ism-şarifli foydalanuvçi ayol şu yilning 26 martida turmuş örtoği bilan birgalikda otasining tavallud kuni munosabati ila uşbu kafeda tantanali dasturxon buyurtma qilişgani, keça yakunlangaç, tölovda 200 ming söm pul yetmay qolgani, u kafe rahbarlariga tilla zanjirini garovga bergani haqida qayğurib yozgan. Şundan söng, jabrlanuvçining aytişiça, u ança mast bölib qolgan eri bilan ketişga çoğlanganida kafe ma'muri bölgan ayol tilla zanjirni olib kelib bergan va eridan pulni talab qila boşlagan. 

Söngra kafe xöjayinlaridan biri qöriqçilar bilan kelib erini döpposlagan. U erini tez yordamni ham kutmasdan Respublika tez tibbiy yordam markaziga olib kelgan. Ma'lum bölişiça, jabrlanuvçi oğir jarohat olgan, qoşi yorilgani va tirsagi maydalanib ketgan. 

S.U.ning davom etişiça, u mazkur holat böyiça Çilonzor tuman IIBga murojaat qilgan, biroq içki işlar idorasi xodimlari bu voqeani örganişni paysalga solişgan. Bu orada kafe egalari unga 5 ming AQŞ dollari tavsiya qilişgan. 

Kun.uz mazkur holatga oydinlik kiritiş maqsadida Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasiga murojaat qildi. 

Boşqarma vakilining sözlariga köra, ayni vaqtda uşbu iş yuzasidan jiddiy tekşiruv olib borilmoqda. Gumonlanuvçilardan birining (qöriqçi) işi sudga oşirilgan. Yana ikki kişi tergov qilinmoqda. Qolganlari qidirilmoqda.