Singapurdagi «Milliy» stadionda Xalqaro çempionlar kubogi doirasida «Bavariya» va «Inter» uçraşuvi ötkazildi. Luçano Spalletti şogirdlari bu uçraşuvni osonlik bilan öz foydasiga hal qildi.
Öyinning 8-daqiqasidayoq «Inter» Antonio Kandreva va Eder juftligi kombinatsiyasidan keyin hisobda oldinga çiqdi - 1:0. Eder 30-daqiqada Ivan Perişiçning pasini golga aylantirdi – 2:0.
Öyinning qolgan qismida vaziyat özgarmadi. «Bavariya» turnirda uçinçi marta mağlub böldi. Bungaça myunxenliklar «Arsenal»ga penaltilar seriyasida yutqazgandi (2:3), keyin «Milan»ga qarşi öyin yirik hisobdagi mağlubiyat bilan tugadi (0:4). Şuningdek, «Çelsi»ga qarşi öyinda 3:0 hisobidagi ğalaba qayd etilgan.
«Inter» esa «Lion» bilan uçraşuvda ğalaba qozongandi (1:0).
International Champions Cup
«Bavariya» – «Inter» 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 8 Eder, 0:2 – 30 Eder.
«Bavariya» – Ulrayx (Xofmann, 69), Alaba, Xummels (Martines, 46), Rafinya (Fridl, 46), Gettse, Xames (Myuller, 46), Dorş, Riberi (Pantoviç, 33), Tolisso (Sanşeş, 46), Koman, Levandovski (Vintsxaymer, 69).
«Inter» – Handanoviç, Şkrinyar (Ranokkiya, 90), Nagatomo (Valietti, 90), D`Ambrozio (Ansaldi, 84), Miranda (Murilo, 84), Kondogbia, Valero (Galyardini, 66), Joau Mariu (Brozoviç, 66), Kandreva (Biabiani, 65), Perişiç (Pinamonti, 84), Eder (Gabriel, 50).
Ogohlantiriş: Gettse (59).












