27 iyul kuni Özbekistonning barça hududlarida mamlakatning Birinçi Prezidenti Islom Karimov yodini xotirlaş tadbirlari bölib ötdi. Uşbu marosimlarda odamlarga oş tortildi, Qur'on tilovat qilinib, duoi fotiha öqildi.

Toşkent şahrida bölib ötgan ana şunday marosimda davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi. 

Ana şunday tadbirlar, jumladan, Toşkent şahar, Şayxontohur tumanida joylaşgan “Mumtoz” töyxonasida Andijon şahridagi “Toşkent premium”  tantanalar saroyi hamda Oltinköl tumanidagi “Qumbozor” çoyxonasida ötkazildi. 

Birinçi Prezident Islom Karimov yodi Namangan viloyatining barça şahar va tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Guliston şahridagi “Navröz” töyxonasida ham ehson oşi berilib yodga olindi.

Uşbu tadbirlarda iştirok etganlar Islom Karimov tomonidan amalga oşirilgan islohotlar, huquqiy-demokratik davlat qurişdagi  xizmatlari beqiyos ekanligini yod etişdi. Boşlangan ezgu sa'y-harakatlarning Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan yangi bosqiçga kötarilayotgani, harakatlar strategiyasida mamlakatni yanada gullab-yaşnaşi, ertangi kuni bundanda farovon bölişi yölidagi dolzarb vazifalar belgilab berilgani va uni bosqiçma-bosqiç amalga oşirilayotganini e'tirofga sazovordir.