Avval xabar berilganidek Özbekistonda Wi-Fi tarmoqlarini boşqariş tizimi Sensorika MÇJ tomonidan işlab çiqilgan bölib, Respublikadagi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e'lon qilingan "Simsiz foydalaniş ommaviy nuqtasini taşkil etişda axborot xavsizligi ommaviy taşrif joylarida simsiz foydalaniş ommaviy nuqtasi foydalanuvçisini identifikatsiya qiliş, uning Internet jahon axborot tarmoğidagi xatti-harakatlari töğrisida axborotlarni yiğiş va saqlaşga imkon beruvçi maxsus dasturiy-texnik vositalarni örnatiş hamda simsiz foydalaniş ommaviy nuqtasi foydalanuvçisini identifikatsiya qiliş" qonun loyihasi talablariga javob berişi bilan e'tiborga loyiqdir.
Uşbu tizim yaqinda Unicon DUKda davlat ekspertizasidan ötkazildi va Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi tomonidan №035 raqami ostida röyxatdan ötkazilib, vazirlik guvohnomasi berildi.
Uşbu tizim, asosan, boğlar, kafe, restoran, mehmonxona, internet-klub va wi-fi tarmoği bor har bir taşkilot uçun möljallangan bölib, u quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Adminpanel orqali statistik ma'lumotlarni kun, oy, yil kesimida köriş: foydalanuvçilar soni, sarf qilingan trafik miqdori, pul tuşumi va boşqalarni nazorat qiliş;
- Yuklab olinadigan ma'lumotlar hajmi, tezlik, vaqt va narx bilan çeklangan holda tariflar yaratiş, ular böyiça statistik-hisobotlar va pul tuşumlarini onlayn tarzda körib boriş;
- Çeklanmagan internetli tariflar yaratiş yoki oylik abonent tölovli tariflar yaratiş orqali doimiy mijozlar sonini oşiriş va marketing nazorati imkoniyati;
- Internet trafikni sotişdan tuşgan foydani kunlik, oylik va yillik kesimlarda körib boriş imkoniyati;
- har bir mijozga avtomatik tarzda login va parol yaratiş va uni SMS orqali jönatiş imkoniyati;
- Jönatilgan SMS va ulangan mijozlar sonini kun, oy, yil kesimida köriş imkoniyati;
- Tizimdagi onlayn foydalanuvçilarni nazorat qiliş, öçirib qöyiş yoki MAS-adres böyiça umuman taqiqlab qöyiş imkoniyati;
- Pornografik hamda virusli saytlarni avtomatik ravişda çeklaş, ularni Google hamda Yandeks qidiruv tizimlaridan ham olib taşlaş, uşbu ma'lumotlar bazasining har kunlik yangilanib borişi (Yandeks DNS bilan hamkorlikda);











