Işlab çiqilganiga 11 yil bölgan «kuçaytirilgan» Mitsubishi Lancer Evolution IX eBay onlayn kim oşdi savdosida 137 954 dollarga sotildi. Atigi 9 mil (14,5 km) yurgan avtomobil Yaponiya kompaniyasining Kaliforniyadagi dileri tomonidan savdoga qöyildi. Kim oşdi savdosida 80 kişi qatnaşdi.
2006 yil örtalarida yangi Mitsubishi Evo IX MR 37 ming dollar turar edi. Sönggi işlab çiqilgan zamonaviy «Evo» ötgan yilning sentabrida 76,4 ming dollarga sotilgandi.
«Töqqizinçi» avlod Mitsubishi Lancer Evolution 286 ot kuçiga ega 2.0 litrli turbomotor bilan jihozlangan. 6 bosqiçli mexanik uzatmalar qutisi vositasida harakatga keluvçi elektron boşqaruvli markaziy differensialli ğildiraklarining barçasi yetakçidir. U 6 soniyaga yetmasdan tezligini soatiga 100 kmga çiqaradi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 250 kmdir.












