«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa hujumçisi Neymarning «PSJ»ga 222 mln yevro evaziga ehtimoliy transferi bilan boğliq vaziyat haqida öz fikrlarini bildirdi.

«Har yili raqobatbardoş va köp sovrinlarni yutib olişga qodir bölgan jamoani tuzişga harakat qilamiz. Ba'zi mavsumlarda buning uddasidan çiqamiz, ba'zilarida esa – yöq. Biroq har doim eng yaxşisiga intilamiz. Biz Neymarning qolişini istaymiz, biroq uning transferi uçun talab etilayotgan mablağ, degan narsa ham bor. Agarda u ketişni xohlasa, unga mos pulni berişsa, u ketadi. Men Neymar bilan suhbatlaşdimmi? Biz gaplaşmadik. Ispaniyaga qaytib kelganimizdan söng, u bilan ötirib, muloqot qilamiz. Uning transferi yordamida olinadigan barça pullarni jamoani kuçaytirişga sarflaymiz.

Neymarning transferini amalga oşiriş uçun şartnomasida belgilab qöyilgan mablağni tölaşlari lozim. UYeFAda moliyaviy feyr-pley qoidasi bor, hamda agarda qaysidir klub buni buzsa, sanksiyalarga uçraydi. «Barselona» jahonda daromadlar böyiça birinçi yoki ikkinçi jamoadir – yiliga 800 mln yevro. Bu klubga rivojlaniş uçun imkoniyat beradi.

«Liverpul»dan Filippe Koutino Neymarning örniga kelişi haqidagi miş-mişlar? Koutino ajoyib öyinçi, biroq biz bu haqda heç narsa gapira olmaymiz. Bu vaziyatda ehtiyotkor böliş lozim», - deya «Barselona» prezidentining sözlarini keltiradi AS.