Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar ittifoqining Namangan shahar kengashiga Anvar Ikramov rahbar bo‘ldi
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashiga yangi rahbar tayinlandi. Namangan viloyat matbuot va axborot boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Anvar Ikramov ushbu lavozimga munosib ko‘rildi.
O‘zbekiston Prezidentining 5 iyuldagi farmoni bilan Yoshlar ittifoqining Namangan shahar kengashi rahbari shahar hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi jihatidan hokimning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Anvar Ikramov 1983 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2006 yili Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2001 yildan boshlab, bir necha yil turli lavozimlarda ishlagan.
Yig‘ilishda Namangan shahar hokimi Shavkat Abdurazzaqov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi raisi Ilyos Rahimovlar ishtirok etishdi va so‘zga chiqishdi.
Mavzuga oid
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026