Germaniyalik qassob Peter Klassen bozorga göştli içimliklar çiqaradi, deb xabar qilmoqda Die Welt.

Mahsulot Germaniyada sentabr oyida sotuvga çiqariladi. Klassenning sözlariga köra, u Lyuksemburg, Belgiya va Fransiyadan bölgan işlab çiqaruvçilar bilan şartnoma imzolab bölgan.

«Biz katta qiziqiş bor ekaniga guvoh bölmoqdamiz. Bunday mahsulot hali çiqarilmagan», - deya ta'kidlab ötdi qassob. Uning qöşimça qilişiça, xalqaro patent olişga murojaat ham yuborgan.

Klassen hozirgi paytda uç ta'mdagi içimliklarni çiqarişga tayyorlab qöygan: «Steyk», «Bombey mol göşti» va «Qirol tovuği». Içimlikni tayyorlaş uçun göşt sabzavotlar bilan birga bulonda qaynatilib, kakao kabi körinişga kelgunga qadar eziladi. Şundan söng suyuqlik idişlarga joylanadi va turli mikroblardan tozalanadi.

55 yoşli qassobning sözlariga köra, şu tariqa sovutilgan içimlikni bir yil davomida saqlaş mumkin. Uning fikriça, bu mahsulot armiya va gumanitar yordam missiyalari uçun qöl kelişi mumkin.