Fransiyada ikki ösmir katta miqyosdagi örmon yonğinlarini keltirib çiqargan ataylab öt qöyişda ayblanmoqda. Ösmirlarga bu qilmişlari uçun 15 yillik qamoq jazosi berilişi mumkin.  

16 yoşli ösmirlar 26 iyulda mamlakatning janubidagi Provans-Alplar — Moviy sohil hududidagi Martige şahrida uşlanganlar.

Ösmirlar Karro kommunasidagi öt qöyişlardan taşqari öğirlikda ayblanmoqdalar, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi. 

Ösmirlar ustidan sud jarayoni qaçon boşlanişi hozirça ma'lum qilinmagan.

Fransiya janubidagi örmon yonğinlari iyul oylari örtalaridan boşlangan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, tarqalişiga issiq havo va şamol kömak berayotgan alanga 10 ming gektardan köproq örmonni yöq qilgan.