Xitoy KXDR raketa parvozini amalga oşirgaç, uşbu davlatni keskinlikni yanada oşiruvçi harakatlarni töxtatişga çaqirdi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Gen Şuan ma'lum qildi.
«Xitoy Şimoliy Koreyani BMT Xavfsizlik Kengaşining tegişli rezolyutsiyasiga rioya etiş hamda Koreya yarim orolida keskinlikni yanada oşirişi mumkin bölgan harakatlarni töxtatişga çaqiradi», - deyiladi bayonotda.
Avvalroq Kim Çen In Şimoliy Koreya AQŞning qit'adagi qismiga raketalar bilan zarba berişi mumkinligini aytgandi.












