Shimoliy Koreya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tgani tufayli “xursandchilik” bildirgan. “Bizning yetakchi AQShning qit'adagi qismi endi biz yeta oladigan hududda ekanligini aytdi”, deb ma'lum qildi Koreya markaziy telegraf agentligi.  

Shimoliy Koreya ma'lumotlariga ko‘ra, 28 iyulda “Xvason-14” raketasining ikkinchi uchirilishi amalga oshirilgan. Raketa 47 daqiqa ichida 998 km masofa uchib o‘tgan. Raketaning maksimal uchish balandligi 3725 km ni tashqil qilgan. Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu ma'lumotlar AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylarining baholashlariga to‘g‘ri keladi.  

“Tahlilchilarning fikricha, endi Pxenyan AQShning katta qismiga, jumladan Los-Anjyeles va Chikagoga xavf solish imkoniga ega”, deb yozmoqda axborot agentiligi.