Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoy juma kuni Konstitutsiyaviy sudda Kataloniya hukumatining mamlakatning uşbu mintaqasi mustaqilligi böyiça referendum ötkaziş töğrisidagi qaroriga e'tiroz bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
"1 oktabr kuni referendum bölmaydi, - deya ma'lum qildi Mariano Raxoy Madriddagi matbuot anjumanida. – Hukumat sudga murojaat qilib, qonunga rioya etiş böyiça öz majburiyatini bajarmoqda". Ispaniya boş vazirining eslatişiça, Konstitutsiyaviy sud Kataloniya hukumatining plebissitni (juda muhim masalani hal qilişni umumxalq ovoziga qöyiş) ötkaziş böyiça avvalgi taşabbuslarining noqonuniy ekani haqida qaror qabul qilgan.
Eslatib ötamiz, Kataloniya – Ispaniya şimoli-şarqidagi muxtor viloyat. Sönggi yillarda bu mintaqada ayirmaçilik kayfiyati ança oşdi. Ötgan yilning 6 oktabr kuni viloyat parlamenti Ispaniya tarkibidan çiqiş töğrisida referendum ötkaziş haqidagi rezolyutsiyani ma'qulladi. Şundan söng Konstitutsiyaviy sud uşbu hujjatni bekor qildi. Biroq, muxtor viloyat rahbari Karles Puçdemon iyun oyi boşida mustaqillik haqidagi referendum 1 oktabr kuni ötkazilişi haqida aytib ötgan.












