Yoşlarning barça qatlamini qamrab oliş Özbekiston Yoşlar ittifoqining birlamçi vazifasiga aylangan. Joylarda fermer xöjaliklarini boşqarayotgan yoş vakillarimiz ham borki, ular tinim bilmasdan, har qanday zahmatni pisand qilmasdan mehnat qilmoqda. Ayniqsa, yozning jazirama issiğidagi qaynoq faoliyat ularning kundalik tarziga aylangan. Eng muhimi, ğalla, paxta, takroriy ekinlar ekib, daromad olayotgan, bu bilan özining, ham işçilarining rözğorini obod qilayotgan bu yoş fermerlar özlarini yurt taraqqiyotiga daxldor, deb biladilar.
Ammo ularning iş faoliyati har doim ham bir tekisda, risoladagidek ketyapti, deb böladimi? Afsuski, yöq! Ularning qalbida ne-ne orzular, rejalar borligiga qaramay, bu istaklarning amalga oşişida ne-ne tösiqlar mavjud ekanligini bilamizmi? Darding ne, ahvoling qanday deb söraydiganlar bormi?

Jizzax viloyatining Döstlik hamda Paxtakor tumanlarida Özbekiston Yoşlar Ittifoqining yoş fermerlar bilan ötkazgan oçiq muloqoti ana şu savolimizga javobday böldi. Dastlab Döstlik tumani dala şiyponida bölib ötgan muloqotni Özbekiston Yoşlar ittifoqining Jizzax viloyat kengaşi raisi Aziz Egamberdiyev oçib berdi. Şundan söng Özbekiston Yoşlar Ittifoqi Markaziy Kengaşi raisining birinçi örinbosari Odiljon Tojiyev sözga çiqdi.

– Keling, ortiqça ma'ruzabozlikdan qoçaylik-da, oçiq muloqotga ötaylik. Bir-birimiz bilan samimiy suhbatlaşaylik. Qanaqa taklifingiz bor, qanday muammolar sizni qiynayapti, bugun sizlarni eşitişga, muammolarni örganişga kelganmiz, – dedi Odiljon Tojiyev yoş fermerlarga qarata. – Bir raqamni aytay. Bundan sizlar ham faxrlanasiz: Respublikamiz böylab 5847 ta yoş fermer bölsa, şulardan ança qismi – 1355 tasi Jizzax viloyati hisobiga töğri kelar ekan. Demak, bu boşqa viloyatlarga qaraganda Jizzaxda yoş fermerlar faoliyati keng quloç yoyganligidan dalolat beradi. Eng köp yoş fermerlar Jizzax viloyatida bölgani uçun sizlar bilan oçiq muloqot taşkil qilişni maqsad qildik.

Şundan söng viloyatning Arnasoy, Mirzaçöl hamda Döstlik tumanlaridan kelib yiğilgan yoş fermerlar birin-ketin taklif va muammolarini aytişdi.
Sözga çiqqan har bir fermer avvalo bu yilgi davlatga ğalla topşiriş rejasini ortiği bilan bajarişganini, ğalladan böşagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekkanligini, bu ham davlatimizning fermerlarga yaratib bergan imkoniyat ekanligini alohida ta'kidlaşdi.















