Şveytsariya boş prokuraturasi Özbekiston hukumatining Gulnora Karimovaning işi böyiça özaro huquqiy yordam töğrisidagi yangi sörovini örganmoqda. Bu haqda RIA Novosti boş prokuror matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.

"Biz şuni tasdiqlaşimiz mumkinki, boş prokuratura Özbekistonning özaro huquqiy yordam körsatiş töğrisidagi sörovini oldi, u ayni damda örganilmoqda", - deya aytib ötgan mahkama vakili.

Boş prokuraturadan ta'kidlanişiça, Şveytsariyada korrupsiya jinoyatlari natijasida pul yuvişda gumon qiliş böyiça jinoiy iş 2012 yilda olti kişiga nisbatan oçilgan, ularning içida Karimova ham bor.

"Ayni paytda boş prokuratura tomonidan 800 million şveysariya frankidan ortiq summadagi aktivlar xatlangan. Şveytsariyada jinoiy iş oçilganidan beri boş prokuratura 19 davlat, jumladan, Şvetsiya, Niderlandiya va AQŞ bilan özaro huquqiy yordam körsatiş jarayonlarini amalga oşirdi", - deya xabar berişgan boş prokuraturadan.