Özbekiston Kubogining çorak finalidan örin olgan yana ikki çorak final javob uçraşuvlari bölib ötdi. «Qöqon» öz uyida «Nasaf»ni qabul qilgan bölsa, «Lokomotiv» «Buxoro» bilan kuç sinaşdi.
Qöqondagi öyinning 20-daqiqasida Filip Rayyevatsga nisbatan işlatilgan qöpollikdan söng belgilangan penaltini Murod Xolmuhammedov aniq amalga oşirib hisobni oçdi. 64-daqiqada Jamşid Hasanov mezbonlarning ikkinçi golini kiritgandi. Jamoaga keyingi bosqiç yöllanmasini beruvçi yana bir gol uçun mezbonlar hujumga zör berganida mehmonlar ularni jazolaşdi. Avvaliga Şahboz Erkinov, keyinroq Jasur Hasanov öyinning sönggi qismida qarşiliklar uçun gol kiritib, hisobni tenglaştirdi. «Nasaf»ning uydagi 4:1 hisobidagi ğalabasi jamoani yarim finalga olib çiqdi.
Toşkentdagi öyinning asosiy vaqtida hisob oçilmadi. Birinçi uçraşuvda ham nursiz durang qayd etilgani bois, hakam qöşimça bölimlarni belgiladi. Qöşimça bölimlarning birinçisida Sadriddin Abdullayev hisobni oçgan bölsa, oradan köp ötmay Azizbek Omonov farqni ikkitaga oşirdi. 120-daqiqada Sardor Mirzayev uçinçi töpni kiritib öyinga sönggi nuqtani qöydi.
Özbekiston kubogi, 1/4 final.
Javob uçraşuvlari.
«Qöqon-1912» – «Nasaf» 2:2 (1:0)
Gollar: Murod Xolmuhammedov (20, penalti), Jamşid Hasanov (64) — Şahboz Erkinov (87), Jasur Hasanov (90+1).
«Qöqon-1912»: Nikita Ribkin, Jamşid Hasanov, Javohir Siddiqov, Doniyor Hasanov (Andrey Sidorov, 57), Suhrob Berdiyev, Aleksandr Merzlyakov, Akmal Xolmurodov, Darko Gojkoviç, Quvondiq Röziyev (Bahodir Akramov, 61), Murod Xolmuhammedov (Jalil Kimsanov, 66), Filip Rayyevats.
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Şorahmedov, Maqsud Karimov, Aziz Ğaniyev, Dilşod Rahmatullayev (Ğolib Ğaybullayev, 90+2), Şahboz Erkinov, Bahrom Abdurahimov, Islom Kenjaboyev (Jasur Hasanov, 68), Farruh Sayfiyev, Dragan Çeran (Igor Golban, 84), Umarbek Eşmurodov.
Dastlabki uçraşuv — 1:4.
«Lokomotiv» – «Buxoro» 3:0 (0:0, 0:0, 2:0, 1:0)
Gollar: Sadriddin Abdullayev (98), Azizbek Omonov (101), Sardor Mirzayev (120).
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Azizbek Omonov, 79), Sadriddin Abdullayev (Salamat Qutiboyev, 103), Sardor Mirzayev, Timur Kapadze (Muhammad Kone, 76), Islom Töxtaxöjayev, Şuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Jaloliddin Maşaripov











