2017 yilning 28 iyul kuni Bişkek şahrida Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirğiziston Respublikasi Hukumati örtasida Qirğiziston Respublikasining Öş şahrida umumta'lim maktabini quriş töğrisida Bitim imzolandi.

Mazkur hujjat Özbekiston Respublikasi elçisi va Qirğiziston Respublikasi Ta'lim va fan vaziri darajasida imzolandi.

Bitimning maqsadi Özbekiston tomoni mablaği hisobidan 630 örinli umumta'lim maktabini quriş va uni Qirğiziston tomoniga mulk sifatida beğaraz topşirişdan iborat.

Şubhasiz, mazkur loyihaning amalga oşirilişi tarixan şakllanib kelgan özbek va qirğiz birodar xalqlari örtasidagi döstlik hamda yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşga va ikki davlat örtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.