Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Birlaşgan arab amirliklari va Misr vakillari uçraşuv ötkazib, unda Qatarga qarşi navbatdagi iqtisodiy va siyosiy sanksiyalar qöllaş masalasini muhokama qiladi. Bu haqda  «Al-Hayat» gazetasiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Bahrayn poytaxti Manama şahrida ötkaziladigan uçraşuvda taşqi işlar vazirlari iştirok etadi. Vazirlar «Qatar iqtisodiga bosim ötkaziş maqsadidagi çoralar»ni körib çiqişadi.

Bu vaqtda Bahrayndagi BNA agentligi qirol Hamad ibn Iso al-Xalifa Saudiya, Misr va BAA TIV rahbarlari bilan uçraşgani haqida xabar tarqatdi. Qirol uçraşuvda terrorizmga qarşi hamkorlik zarurati haqida gapirgan.

Arab davlatlari 22 iyun kuni Qatarga 13ta talabdan iborat röyxatni jönatişgandi. Unda Al Jazeera telekanali faoliyatini töxtatiş, turklarning harbiy bazasini yopiş va Eron bilan aloqalarni töxtatiş zarurligi körsatilgandi. Keyinçalik röyxat qisqartirildi, yangi röyxatda Al Jazeera telekanalining yopilişi, amirlikdan muammoli kişilarni çiqarib yuboriş kabi talablar yöq.

Eslatib ötamiz, 5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Misr, BAA va Bahrayn Qatarni terrorçilar bilan aloqadorlikda ayblab, bu mamlakat bilan diplomatik munosabatlarni töxtatgandi. Köp vaqt ötmasdan ular qatoriga Liviya, Mavritaniya, Maldiv, Mavrikiy hamda Yaman ham qöşilgandi.