«PSJ» himoyaçisi Dani Alves «Barselona» hujumçisi Neymar bilan boğliq vaziyat haqida gapirdi. OAVda uşbu braziliyalik futbolçi 222 mln yevro evaziga «PSJ»ga ötişi haqida aytilmoqda.
«Umid qilamanki, Neymar «PSJ»ga ötadi. Bu uning uçun juda muhim qaror böladi. Erkak kişi şunday qarorlarni qabul qila olişi kerak. U mening eng yaxşi döstlarimdan biri, men esa döstlarim yonimda bölişini istayman. Öz vaqtida men unga «Barselona»ga kelişni maslahat qilgandim. Yöq, men u uçun qaror qilmaganman, şunçaki klub haqida unga sözlab bergandim.
Bunday qarorlarni – jasur kişilar qabul qilişadi. U özi uçun qaror qabul qilişi kerak, u rostdan ham rivojlanişni istaydimi? Hammasi uning öziga boğliq – u «Barselona»da qolişni istasa, qolsin, boşqa klubga ötişni istasa – ötsin. Men döstim baxtiyor bölişini istayman. Men u bilan har kuni gaplaşaman, ammo faqat futbol haqida emas. Men uni tinçlantirişga harakat qilaman, çunki, odamlar seni tinmasdan muhokama qilişi bu qanday holat ekanini yaxşi bilaman. Muhim qarorlarni xotirjamlikda qabul qilmoq kerak. Ba'zida egoist bölişga ham töğri keladi, çunki klublar sen juda zör natijalar körsatmayotganingda sen haqda qayğurmaydi. Men bilan şunday bölgan. Men unga deyman: jasur böl! Dunyo jasurlarga tegişli», — degan Alves L'Equipe uçun bergan intervyusida.











