Fransiya Superkubogi uçun «PSJ» va «Monako» jamoalari örtasida bahs bölib ötdi. Uçraşuvda parijliklar jamoasi 2:1 hisobida ğalaba qozondi.
«Monako» 30-daqiqada Sidibening goli evaziga hisobni oçgan bölsa, ikkinçi bölimda «PSJ» 2ta gol bilan javob qaytardi. Dani Alves va Raboning gollari parijliklarga ğalaba keltirdi. 51-daqiqada Alves uzoq masofadan darvozaning yaqin burçagini nişonga oldi, bölim davomida Raibo Alvesning pasini golga aylantirdi.
Şu tariqa, «PSJ» öz tarixida yettinçi marta Fransiya superkubogini qölga kiritdi. Jamoa sönggi 5 yildan beri uşbu sovrinni heç kimga bermay kelmoqda (1995, 1998, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017). Bu sovringa «Lion» 8 marta, «Monako» 3 marta ega çiqqan.
Fransiya Superkubogi
«Monako» – «PSJ» 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 30 Sidibe, 1:1 – 51 Dani Alves, 1:2 – 63 Rabo.
«Monako» – Subaşiç, Jyemerson, Kongolo (Lopeş, 66), Glik, Sidibe (Sent-Maksimen, 77), Tilemans, Fabino, Lemar, Ture, Falkao, Mbappe (Karrilo, 71).
«PSJ» – Areolya, Markinos, Mene, Kurzava, Dani Alves, Rabo, Motta (Matyuidi, 71), Pastore (Gonsalu Gedeş, 86), Verratti (Nkunku, 90), Tiago Silva, Kavani.
Ogohlantirişlar: Sidibe (50), Glik (53), Verratti (82), Fabino (82).











