Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining Gulnora Karimovaga nisbatan oçilgan jinoyat işlari yuzasidan oçiqlagan xabari yurtimizda juda katta şov-şuv keltirib çiqardi.
Bu holatda G.Karimovaning bevosita rahbarligida yuritilgan «Terra Group» MÇJ, «Prime Media» MÇJ, «Gamma Promotion» MÇJ faoliyatida soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş holatlari böyiça jinoyat işi 2013 yil 24 oktabrda — deyarli 4 yil muqaddam qözğatilganiga alohida e'tibor beriş lozim.
Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi (!) hukmi bilan G.Karimova ayblanayotgan jinoyatlar — jumladan, 2 trln. 91,4 mlrd. sömlik soliqlarni tölaşdan böyin tovlaşni sodir etişda aybdor, deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
Bundan taşqari, G.Karimovaga nisbatan uyuşgan jinoiy guruhga yana ayrim jinoyatlarni sodir etişga kömaklaşiş holatlari böyiça alohida iş yurituvga ajratilgan jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Ya'ni, bu hali uşbu jinoyat işi uçun alohida sud bölişi va yana jazo qöllanilişi mumkinligini anglatadi.
Boş prokuratura xabariga köra, uşbu holatlar böyiça G.Karimovaga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e'lon qilingan va unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Qayd etilgan 2 ta jinoyat işi böyiça davlat va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan zararning umumiy summasi 1 trln. 270 mlrd. 200 mln. söm, 1 mlrd. 651,8 mln. AQŞ dollari, 26,1 mln. yevro — milliy valyutada jami 3 trln. 746,8 mln. sömni taşkil etadi.

Gulnora Karimovaga tegişli kompaniyalarga nisbatan tergov harakatlari olib borilgani va sud ötkazilgani haqidagi ilk xabarlar 2014 yilda paydo bölgan edi. 2014 yilning fevralida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi «Terra Group» MÇJ, «Prime Media» MÇJ va «Gamma Promotion» MÇJning 10 dan ziyod mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi oçgani ma'lum qilingan edi. 2014 yilning 17 fevralida uşbu jinoyat işi doirasida Gulnora Karimovaning yaqin safdoşlari — Rustam Madumarov, Gayane Avyakyan va Yekaterina Klyuyeva hibsga olingan.













