Milanning «Inter» klubi o‘yinchisi Joffrua Kondogbiya Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Chelsi»ga qarshi kechgan  uchrashuvida maydon markazidan o‘z darvozasiga gol urdi. Avtogol videosi YouTube’da joylashtirildi.

74-daqiqada hisob «Inter» foydasiga 2:0 ko‘rinishida ekanida Kondogbiya maydon markazi yaqinida to‘pni raqib bosimi ostida darvozabonga yo‘llashga qaror qilgan. Biroq futbolchining uzatmasi avtogolga aylangan: to‘p darvozabon ustidan o‘tib, «Inter»  darvozasidan joy olgan. 

Ko‘plab foydalanuvchilar bu gol yilning eng kulgili gollaridan biri nomiga da'vogarlik qilishi mumkinligini taxmin qilishgan.  

Singapurda o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida «Inter» foydasiga yakunlangan.