Serra-Leoneda şaharlarning köçalarida halloslab yuguriş taqiqlandi. Bu haqda Africanews xabar tarqatgan.

Bu haqda 27 iyul kuni aholi ogohlantirilgan. Afrikadagi uşbu davlat politsiyasi boşliği Frensis Ale Munu şunday qarorni imzolagan.

Bunday çeklov kiritilişi yuguruvçilar tomonidan noqulayliklar keltirib çiqarilişi bilan izohlangan. Politsiyada ma'lum qilinişiça, bundaylar boşqa yölovçilarning hamiyatiga tegişi, ularning narsalarini öğirlaşi, yöl harakatiga xalaqit qilişi, avtomobillarga teginişi yoki musiqani baland qöyib boşqalarning ğaşini keltirişi holatlari kuzatilgan.

Endilikda Serra-Leoneda yuguriş uçun maxsus ruxsatnoma kerak böladi. Mahalliy hokimiyat bu qoidani buzganlarga qanday jazo belgilanişiga aniqlik kiritmagan.

Şu bilan birga istagan kişilar plyajlarda yoki maxsus sport hududlarida yugurişi mumkin böladi.