Tayvanga Nesat nomli kuçli tayfun kirib keldi. Reuters agentligi mahalliy hukumatga asoslanib xabar berişiça, bu tabiiy ofat oqibatida jablanganlar soni 83 kişi. Agentlik ma'lumotiga köra, yana 40 kişi orolning janubiy qismida suv toşqinlari tufayli dunyodan uzilib qolgan.
Tayvan poytaxti Taybey şahrida noqulay ob-havo şaroiti tufayli davlat muassasalari yopilgan, yuzlab uylar elektr ta'minotidan uzilgan. Şuningdek, metro iş grafigi özgargan, Eva Airways 42 reysni bekor qilgan, bu esa 10 mingdan ortiq yölovçiga ta'sir qilgan.
Meteorologlarning sözlariga köra, tayfun orolda ikki kun saqlanib turadi. Tayfun vaqtida şamol tezligi soatiga 119 kilometrni taşkil qilmoqda.












