AQŞ Yaponiyaga Okinava prefekturasida joylaşgan Ginovan şahridagi 4 gektar yer maydonini qaytarib berdi. 

Bu yerda AQŞ dengiz piyoda qöşinlari korpusi aviabazasi joylaşgan. Mahalliy aholining aytişiça, uşbu hududda konvertoplanlarning parvoz qilişi aholiga xavf soladi. Natijada bazani Xenoko tumaniga köçirişga qaror qilingan.

Mutaxassislarning aytişiça, yerning qaytarilişi AQŞning öz qöşinlarini bu hududdan olib çiqib ketişi oxir-oqibat qotgan joydan siljiganini körsatişga urinişi hisoblanadi.

Kyodo axborot agentligining ma'lum qilişiça, mahalliy aholi va hukumat AQŞga tegişli  Futemma aviabazasining Okinava taşqarisiga töliq olib çiqilişini talab qilmoqdalar.