Qatar bilan aloqalarni uzgan arab davlatlari – Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr agar hukumat terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashni bas qilsa, u bilan muloqot qilishga tayyorliklarini bildirdilar. Bu haqda Bahrayn poytaxti Manamadagi matbuot anjumanda bu davlat tashqi ishlar vaziri Xolid bin Ahmad Al-Halifa aytib o‘tgan.

“Agar Qatar terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishini tasdiqlasa, biz u bilan muloqot qilishga tayyormiz,” deb aytgan Al-Halifa.

Shu bilan birga shu arab davlatlari Qatar hukumatiga bilddirilgan barcha talablarni kuchda qoldiradilar.

“Qatar unga arab davlatlari murojaat qilgan talablar ro‘yxatidan 13 ta punktning barchasini bajarishi lozim”, deb aytgan vazir.