«Barselona» hujumçisi Neymar 1 avgust kuni Qatarda «PSJ» uçun tibbiy körikdan ötadi. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Qatardagi Al Watan naşri xabariga köra, 25 yoşli braziliyalik futbolçi Dohada parijliklar klubi prezidenti Nosir Al-Helayfi bilan ham uçraşadi.

Bundan avvalgi xabarlarda Neymar 2 avgust kuni tibbiy körikdan ötişi, u «PSJ»ga transfer bölsa, Parij klubiga egalik qiladigan Qatar Sports Investments kompaniyasi bilan ham şartnoma imzolaşi aytilgandi. Kelişuvga köra, braziliyalik futbolçi Qatardagi 2022 yilgi jahon çempionati elçisi böladi, uning klubdagi yillik maoşi miqdori 60 mln yevro (5 yillik şartnoma orqali u 300 mln yevro işlaşi mumkin) böladi.

«PSJ» Neymarni 222 mln yevro evaziga xarid qilişi kutilmoqda.

Şuningdek, UYeFA «PSJ» bu futbolçini feyr-pley qoidalariga rioya qilgan holda sotib olişi uçun boşqa futbolçilarini 110 mln yevroga sotişi kerakligini bildirgan.