Saudiya Arabistonida terakt yuz berdi. Mamlakat şarqidagi Katif şahrida patrul avtomobiliga qurolli hujum uyuştirildi, deb xabar qilmoqda SPA agentligi.
Hodisa natijasida bir harbiy xizmatçi halok böldi, yana olti nafari turli jarohatlar oldi.
Avtomobil granatomyotdan öqqa tutilgan. Xabar qilinişiça, bu Katif şahrida bir oy içidagi oltinçi terrorçilik hujumidir.
Ayni damda suriştiruv işlari olib borilmoqda.











