14:34 / 31.07.2017
9124

Seul Pxenyanning qit'alararo ballistik raketa texnologiyasini barpo qilganini tan oldi

Foto: Reuters

KXDR jangovar kallakning atmosfera zich qatlamini yorib o‘tish texnologiyasini o‘zlashtira oldi. Bu esa qit'alararo ballistik raketa ishlab chiqishning muhim qismi hisoblanadi, deya bayonot bermoqda Koreya respublikasi parlamenti mudofaa qo‘mitasi rahbari Kim Yon U KBS radiostansiyasiga bergan intervyuda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, janubiy koreyalik harbiylar yaponiyaliklar tomonidan suratga olingan videoyozuvni diqqat bilan o‘rganib chiqishgan. Unda jangovar kallakning atmosfera zich qatlamiga kirishini ko‘rish mumkin. 

"Yozuvda qulayotgan jism taratayotgan yorug‘lik yorqin va bir xil", - degan Kim Yon U. Uning fikricha, bu raketaning jangovar qismi o‘ta yuqori haroratga va yuklanishga bardosh berganini, havoda parchalanib yoki yonib ketmaganini ko‘rsatadi. 

Shu bilan birga, ekspertga ko‘ra, Pxenyan raketaning aniqligini boshqarishni ham o‘rgangan. "Shimol tomoni tasodifan Yaponiyaga raketa zarbasi berish ehtimoliga qaramay, parvozni amalga oshirgani uning parvoz yo‘nalishini ishonchli tarzda boshqarishni o‘rganganini anglatadi", - deb qayd etgan Kim Yon U. 

Janubiy Koreya harbiylarining ma'lum qilishilaricha, jangovar kallak Xokkaydo orolidan 150 km uzoqlikda Yaponiya iqtisodiy hududiga qulagan. 

Deputatning taxmin qilishicha, QBRning uchirilishi, Pxenyanning AQSh bilan o‘z raketa-yadro dasturiva mintaqaviy xavfsizlik masalalarining boshqa muammolari yuzasidan muloqot olib borish xohishini anglatadi. Shimoliy Koreya raketasi 10 ming kmgacha ucha olishi mumkin. Bu esa, uning Vashington va Nyu-York kabi Amerika shaharlariga zarba bera olishi mumkinligini ko‘rsatadi.

"Bu narsa Shimoli-sharqiy Osiyodagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni tubdan o‘zgartiradi", - degan Kim Yon U.

Mavzuga oid
Top