AQŞning Los-Anjyeles şahri ma'muriyati va Xalqaro Olimpiya qömitasi bu şaharda 2028 yilgi yozgi Olimpiadani ötkaziş böyiça kelişuvga erişdilar. Bu haqda öz manbasiga iqtibos keltirgan holda The LA Times naşri xabar bermoqda.

Kelişuv haqida rasman keyinroq e'lon qilinadi.

Avvalroq Los-Anjyeles Parij kabi 2024 yilgi Olimpiadani ötkazişga da'vogarlik qilayotgandi. Parij bu kuraşda favorit hisoblangan va AQŞ şahriga 2028 yilgi Olimpiada mezboni böliş taklif qilinişi közda tutilgan. Kelişuv esa 2024 yilgi Olimpiada Parijga tegişini anglatadi.

Naşrning ta'kidlaşiça, yana 4 yil kutişga rozi bölgan Los-Anjyeles qanday yon bosişlarga erişgani hozirça noaniq. Ehtimol gap ariza va bolalar sportini rivojlantiriş böyiça dasturning qöşimça moliyalaştirilişi haqida ketayotgan bölişi mumkin.

Şu tariqa, uşbu şahar Olimpiya öyinlarini uçinçi marta qabul qiladi, avvalroq ular 1932 va 1984 yillarda ötkazilgan.

AQŞ oxirgi marta yozgi Olimpiadani 1996 yilda Atlantada qabul qilgan. 2002 yilda AQŞning Solt-Leyk-Siti şahrida qişki Olimpiada ötgan.