Ma'lum bir harakatlar turli hayotiy vaziyatlarda juda katta yordam berişi mumkin, bular orqali siz kişini özingizga yaqinlaştirişingiz, yanada işonçli pozitsiyaga ega bölişingiz mumkin.

Özingizni işonçliroq his etişingiz uçun

Agarda mas'uliyatli tadbir yoki suhbatda iştirok etişingiz kerak bölsa, bir neça daqiqa gavdangizni özingizga işonç bağişlaydigan holatda tuting. Masalan, qöllaringizni boşingiz uzra V harfi körinişida kötaring yoki yonboşingizga bosing. Bu holatlardan birida ikkita daqiqa turişning özi yetadi.

Ijodkor böliş uçun

Yangi nimanidir öylab topmoqçi yoki muammoga boşqaça nigoh bilan qaramoqçi bölsangiz, ovoz çiqarib öylang hamda parallel ravişda har ikki qölingizni harakatga keltiring. Singapurlik olimlarning aniqlaşiça, har ikki qölning harakatga keltirilişi ijodiy vazifalarni yaxşi uddalaşda yordam berar ekan.

Insonga noqulay ekanini tuşuniş uçun

Yaqinlaringizning imo-işoralariga e'tibor bering. Bu ular özlarini qanday his etayotganlarini tuşunişda yordam körsatadi. Agarda inson bilaklarini doim uşlab turib, xuddi soatlarini töğirlayotgandek bölsa, bilingki, u nimadandir taşvişda yoki özini noqulay his etmoqda.

Bolani tinçlantiriş uçun

Agarda yiğlayotgan bolani tinçlantira olmasangiz, qanday gapirayotganingizga e'tibor qarating. Bir maromdagi sokin nutq tinçlantiruvçi effekt beradi, baland va tez gapiriş esa bolaning salbiy hissiyotlarini battar kuçaytirişi mumkin. Sekin sözlab, ba'zi sözlar orasida tanaffuslar qiling.

Özingizga yaqinlaştiriş uçun 

Yangi insonga qiziqişingiz bor ekanini körsatiş kerak bölsa va uni özingizga yaqinlaştirmoqçi bölsangiz, unga oçiq kaftli qölingizni uzating. Kişilar bu harakatni işonçning bildirilişi sifatida qabul qilişadi.