Joriy haftada dollarning Markaziy bank tomonidan belgilangan rasmiy kursi 27 söm 99 tiyinga oşib, 4098 sömu 37 tiyin etib belgilandi. Ötgan haftadagi kurs 27,91 sömga oşgan edi.

Sönggi 6 haftadagi rasmiy kurs oşişi dinamikasiga e'tibor qarating:

27 iyun: +27.99 = 3958.56
04 iyul: +27.95 = 3986.55
11 iyul: +27.95 = 4014.50
18 iyul: +27.97 = 4042.47
25 iyul: +27.91 = 4070.38
31 iyul: +27.99 = 4098.37

Körib turibsizki, dollarning MB tomonidan belgilagan, biroq özi xarid qiliş yo sotiş majburiyatini olmagan rasmiy kursi haftasiga deyarli 28 sömdan oşib bormoqda. 

AQŞ dollarining «qora bozor»dagi ayriboşlaş kursi esa şu haftalar içida 8350-8400 söm atrofida bölib turibdi.

Rasmiy kurs nimaning evaziga haftasiga örtaça 27,95 tiyindan oşib borayotgani noma'lum. Sanoqni boşlagan kunimiz — 27 iyun sanasidagi 27,99 sömlik ösiş öşa kuni belgilangan 3958,56 sömning 0,707 foizini taşkil etadi. 

Agar kurs haftasiga 0,707 foizdan — özgarmasdan oşib borganida (yiliga bu 37,78 foiz oşişni taşkil etadi) haftasiga ösiş dinamikasi sof arifmetik progressiyada quyidagiça körinişga ega bölar edi.

27 iyun: 3958.56
04 iyul: +27.99 = 3986.55
11 iyul: +28.39 = 4014.74
18 iyul: +28.58 = 4042.89
25 iyul: +28.78 = 4071.05
31 iyul: +28.98 = 4099.16

Agar şu vaziyat özgarmasa, ösiş haftasiga bir marta — 0,707 foizdan davom etsa, faqat 2020 yilning 6 yanvariga borib rasmiy kurs 10 ming sömlik dovondan ötar ekan. Öşa kuni haftalik ösiş 70 söm 41 tiyinni taşkil etadi.

Yarim yil oldinroq — 2019 yilning 8 iyulida esa hozirgi «qora bozor» kursi — 8350 sömlik marraga yetib olinadi.