Şimoliy irlandiyalik 13 nafar aka-uka va opa-singillar öz soğliği va uzoq umr köriş sirlari bilan örtoqlaşdi. Ularning umumiy yoşi 1073 yilga teng, deb yozmoqda Daily Mail gazetasi.

Donelli oilasi Ginnessning rekordlar kitobiga joriy yilda kiritildi. Aka-ukalarning eng kattasi 93 yoşda bölsa, eng kiçigi – 72 ga kirdi.

Ularning sözlariga köra, otalaridan uyqudan oldin “issiq nimanidir” iste'mol qiliş odati ötgan.

"Keçki soat 22:00lar atrofida suli yormasi, ertalabki soat 7 da böladigan nonuştaga ham şu mahsulot. Suli, sut va biroz olma şinnisi", - deydi aka-ukalarning kiçigi Jo.

Naşrning ta'kidlaşiça, suli bötqasi qon bosimi, xolesterin darajasini pasaytiradi, yurakni himoya qiladi hamda qandli diabetdan yaxşi profilaktikadir.

Donelli oilasi a'zolarining sözlariga köra, ular butun hayoti davomida faqatgina tabiiy mahsulotlarni iste'mol qilganlar: öz boğlarida yetiştirilgan meva va sabzavotlar, uy tuxumlari. Oilada nonni ham özlari yopişgan, spirtli içimlikni esa çetlab ötişgan.