Moskva viloyat sudi binosida otişma çiqişi oqibatida bir neça kişi jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti sud iştirokçilariga asoslanib xabar tarqatdi.

"Moskva viloyat sudida otişma çiqdi, xodimlar jarohatlandi, men pristav jarohatlanganini kördim", degan advokat Sofya Rubasskaya.

Advokat kamida 20ta öq uzilganini aytgan.

Sud matbuot kotibi Natalya Osipova sud binosidan barça xodimlar va taşrif buyuruvçilar evakuatsiya qilinganini, ammo hodisa sabablarini aniq keltirolmasligini bildirgan.

«Moskovskiy komsomolets» ma'lumotiga köra, otişma GTA bandasi — kelib çiqişiga köra markaziy osiyoliklar bölgan, Moskva viloyatida seriyali qotilliklar sodir etgan şaxslarga qarşi iş vaqtida röy bergan. Gazeta xabariga köra, sud majlisi vaqtida guruh a'zolaridan biri liftda qöriqçiga hujum qilib, uni jarohatlagan.