«Barselona» hujumçisi Neymar Xitoydan qaytdi va ayni vaqtda Dohada bölib turibdi.
Mundo Deportivo xabariga köra, yaqin vaqt içida 25 yoşli futbolçi öz kelajagi borasida bir qarorga keliş uçun Braziliyaga yöl oladi.
Hozirça Neymar vataniga qaytişda Barselonada töxtaş-töxtamasligi ma'lum emas. Ertaga, 2 avgust kuni kataloniyaliklar klubi bazasida maşğulotlar boşlanadi.
Neymarning otasi ayni vaqtda Barselonada bölib turibdi. Şu tufayli u Ispaniyada ham töxtaşi ham mumkin.
Neymar «PSJ»ga 222 million yevroga transfer bölişi kutilmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga futbolçi hafta oxirida Parijda tibbiy körikdan ötadi, u 7 avgust kuni yangi klubi bilan şartnoma imzolaydi.












