Niderlandiya politsiyasi 5 öğridan iborat jinoiy guruhni qölga oldi. Ular harakatlanib ketayotgan furgondan yarim million yevrolik iPhone telefonlarini öğirlaşda gumon qilinmoqda. Uşlanganlarning barçasi ruminiyaliklardir, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Ğarazgöylar telefonlarni öğirlaş uçun modernizatsiyalaşgan mikroavtobusdan foydalanişgan. Ular mikrovtobusda qimmatbaho elektronika mahsulotlarini olib ketayotgan furgonga yaqinlaşgan. Şundan söng, guruh a'zolaridan biri avtobus tomiga çiqib, uning kapotiga ötgan, söngra furgon eşigidagi qulfni buzib kirgaç, telefonlarni qutilari bilan mikroavtobusga irğitgan. 

Politsiya gumonlanuvçilarni Niderlandiya markaziy qismidagi parklardan birida hibsga olgan. U yerda içida iPhone qutilari bölgan avtobus ham topilgan. NLTimes naşrining yozişiça, mazkur jinoiy guruh 2015 yildan beri kamida 17 marotaba yuk maşinalarini şu usulda ömargan.