«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu Posuelo-de-Alakron sudida qanday körsatma bergani ma'lum böldi.

Marca tarqatgan xabarga köra, Ronaldu 1,5 soat davomida prokurorlarning savollariga javob bergan va özining aybsizligini bayon qilgan.

Futbolçi sudga öz obrösini himoya qiliş uçun taşrif buyurganini alohida ta'kidlagan.

«Agar men Kriştianu Ronaldu bölmaganimda, bu yerga kelmasdim», – deya futbolçining sözlarini keltirgan La Sexta naşri.

Ronaldu Ispaniya prokuraturasi tomonidan 2011-2014 yillar davomida 14,8 million yevro miqdoridagi soliqni tölaşdan böyin tovlaganlikda ayblangan edi.

Agar aybi isbotlansa, unga 2 yillik şartli qamoq yoki 14,8 mln yevro miqdoridagi jarima jazosi tayinlanişi mumkin.