Odessa viloyati sobiq gubernatori, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilining ma'lum qilişiça, AQŞ yoki boşqa davlatlardan boşpana söramaydi hamda Ukrainaga siyosiy kuraşni davom ettiriş uçun qaytib keliş niyatida. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda. Eslatib ötamiz, Saakaşvili Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan.
«Men AQŞ yoki istalgan boşqa davlatning himoyasidan foydalanmoqçi emasman, men Ukrainaga qaytib keliş niyatidaman hamda bizning faollarimiz qöllab-quvvatloviga umid qilmoqdaman», - dedi Saakaşvili videoaloqa böyiça matbuot anjumanida.
Şu bilan birga, u qaytiş muddatini keyinroq ma'lum qilişga va'da berib, maxfiy tarzda emas, balki oşkora qaytib kelmoqçi ekanini qöşimça qilib ötdi.
Avvalroq Saakaşvili Poroşenkoni Ukraina prezidenti lavozimidan çetlatiş bilan tahdid qilgandi.












