Şavkat Mirziyoyev Saidkamol Xöjayevni Markaziy bank raisi örinbosari lavozimidan ozod etdi. Bu ma'lumotni «Kun»ga Markaziy bankdagi manba tasdiqladi.

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga köra, Xöjayev boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Saidkamol Xöjayev 2014 yilda «Özsanoatqurilişbank» boşqaruv raisi bölgan, 2016 yili Markaziy bank raisining birinçi örinbosarligiga tayinlangan, şu yil iyunida raisning birinçi örinbosaridan oddiy örinbosarlikka tuşirilgandi.

Manba ma'lumotiga köra, Xöjayev «Agrobank»ka rahbar etib tayinlangan. U biroz avvalroq Zangiota tumani hokimligiga ötkazilgan Abduvahob Tamiqayev örnini egallaydi.

Xöjayev bank tizimidagi faoliyatini 1997 yilda oddiy mutaxassislikdan boşlagan. 2003 yili Toşkent moliya institutining bank işi fakultetini tamomlagan. 2007 yili Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tugatgan.