AQŞ harbiy-havo kuçlari Kaliforniya ştatida navbatdagi qit'alararo ballistik raketani sinovdan ötkazdi. Bu esa yil boşidan beri törtinçi sinov amaliyoti hisoblanadi.

Kaliforniyada joylaşgan Vandenberg havo-hujum bazasiga qaraşli 30 SW bergan ma'lumotga köra, çorşanbaga ötar keçasi soat 02:10da Minuteman raketalarining uçtasi havoga kötarilgan. Los-Anjyelesdan 209 km şimoli-ğarbda joylaşgan sinov hududida köngilsiz hodisa kuzatilmagan.

Minuteman​’ning muvafaqqiyatli sinovdan ötkazilişi mobaynida uning tezkorligi, aniqligi va samarasi ham ölçanadi. Raketa nişoni etib Kvadjaleyn atollidagi orollardan biri tanlangan bölib, ötkazilgan sinovlar Şimoliy Koreyaning harbiy harakatlariga mantiqiy javob bölib qolmoqda. Şuningdek, AQŞ harbiy-havo kuçlari Alyaskada joylaşgan mudofaaviy «temir tösiq»ni ham işga tuşirganini bildirdi.