«Barselona» klubi «PSJ»ga ötişi kutilayotgan Neymarning transferi bilan boğliq vaziyat borasida rasmiy bayonot bilan çiqdi.
«Ertalab tongda Neymar otasi va agenti bilan jamoani tark etmoqçi ekanidan klubni boxabar qildi. Klub ularga futbolçining şartnomasida körsatilgan bandni eslatdi va uni sotib olmoqçi bölgan taraf 1 iyuldan boşlab 222 million yevroga yetgan tovon pulini töliq tölab berişi lozimligini eslatdi. Neymarning «Barselona» bilan şartnomasi öz kuçida qolmoqda. Ammo futbolçi kelajagiga oydinlik kiritib oliş maqsadida vaqtinçalik maşğulotlardan ozod qilişni söradi va murabbiy unga javob berdi», – deyiladi «Barselona» bayonotida.
Eslatib ötamiz, oldinroq «PSJ» 222 million yevro tovon pulini moliyaviy feyr-pley talablarini çeklab ötiş maqsadida klub xöjayiniga tegişli bölgan Qatardagi fond orqali tölaşga qaror qilgandi. Şuningdek ular, Neymarning özi «Barselona»dagi şartnomasini sotib oliş huquqidan foydalanişni rejalaştirişgan. Bunda Neymar JÇ-2022 elçisi böladi va undan işlab topgan mablağiga öz şartnomasini sotib oladi.











