Özbekiston Davlat soliq qömitasi raisi Botir Parpiyev Paynet kompaniyasi asosçisi Botir Arifjanovga qönğiroq qilişi uning uçun kutilmagan hodisaga aylangan.

«Menga kutilmaganda qönğiroq qilişdi. Menga ertalab Botir Parpiyev telefon qildi va uni men press-klubda bildirgan takliflar qiziqtirib qolgani haqida gapirdi. Biz biroz fiskal siyosati haqida gaplaşdik, şundan keyin u meni bu takliflarimni öz örinbosari bilan uçraşuvda muhokama etişga taklif qildi», – deya yozgan Arifjanov 28 iyul kuni Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Eslatib ötamiz, 26 iyul kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida «Özbekistonning zamonaviy soliq siyosati: vazifalar va amalga oşiriş mexanizmi» mavzusida uçraşuv ötkazilgandi. Anjumanda soliq ma'muriyatçiligini tubdan takomillaştiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning yiğiluvçanligini oşiriş, soliq tölovçilarga yaratilgan qulaylik va imtiyozlar, davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etişning muhim yönalişlari muhokama qilingandi.

Botir Arifjanovning tan olişiça, u Botir Parpiyev bilan suhbatdan keyin «bizda hammasi yaxşi va barçasi reja böyiça ketmoqda» qabilida fikrlaydigan navbatdagi amaldor bilan zerikarli uçraşuvga tayyorlangan.

Tez orada u Parpiyevning örinbosari bilan uçraşgan. «Biz qora bozor, daromadlarni yaşiriş va soliqdan qoçiş holatlari tufayli iqtisodiyotda yuzaga kelgan muammolarni oçiq muhokama qildik. Aytişni istardimki, u yerdagilar muammolar haqida bilişadi va ularni hal etiş uçun hamkorlikka tayyorlar», – deya qayd etgan Arifjanov.

Uning yozişiça, Soliq qömitasi qoşida yetakçi tadbirkorlar, maslahatçilar va Moliya vazirligi mutaxassislari iştirokida maslahatçi kengaş tuziş borasida kelişuvga erişilgan.

Eslatma: Botir Arifjanov 2010 yilda Paynet boşqaruvidan ketgan va ayni vaqtda kompaniyaga aloqador emas.

XPKda navbatdagi sessiya: Özbekistonning zamonaviy soliq siyosati: vazifalar va amalga oşiriş mexanizmi