Buxoro viloyati IIB  xodimlari tomonidan viloyat hududida olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanida yaşovçi O.Botirovning harakatlari xodimlarga şubha uyğotadi. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.

Kasbilik bu fuqaroning qinğir işlari haqida töplangan ma'lumotlar asosida, tezkor xodimlar tomonidan uning borar manzillariga “tuzoq”  qöyilib, oxir-oqibat O.Botirovning asl “faoliyat”i foş etiladi.

Uşbu fuqaro aylanma yöllar orqali Buxoro viloyatiga kelib bu yerda özining doimiy mijozlariga narkotik moddalarni sotiş bilan şuğullanib kelayotganligi aniqlanadi. Tadbir davomida xodimlar “oğufuruş” O.Botirovni “Spiçki” yozuvli gugurt qutisiga joylaştirilgan jami 26,19 gramm miqdoridagi “marixuanna” giyohvandlik moddasini 800 ming söm evaziga sotayotgan vaqtida qölga oladilar.

O.Botirov bilan olib borilgan suriştiruv işlari davomida uşbu narkotik moddalarni Qaşqadaryo viloyati, Mirişkor tumanida yaşovçi Sulton ismli fuqarodan 750.000 sömga sotib olganligi aniqlanadi.