Saudiya Arabistoni bilan diplomatik inqiroz yoqasida turgan Qatar hukumati keskin çoralarni körib çiqmoqda. Rasmiy Doha Italiyadan 5 milliard yevro qiymatidagi yettita harbiy suv kemasi sotib olişga qaror qilgan. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vaziri Şayx Muhammad bin Abdulrahmon Al-Sani poytaxt Dohada italiyalik hamkasbi bilan uçraşuvi çoğida bayonot bergan.
"Biz Qatar harbiy-dengiz kuçlari nomidan savdo şartnomasini imzolamoqdamiz. Italiyadan sotib olinayotgan yettita suv kemasining umumiy qiymati beş milliard yevro atrofida baholangan”, - deb ta'kidlagan u.
AQŞning mintaqadagi muhim hamkori hisoblangan mitti amirlik Saudiya Arabistoni tomonidan boşqarilayotgan blok “qamal“idan çiqib ketişga urinmoqda hamda barça ayblovlarni rad etgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 5 iyun kuni Saudlar oilasi va uning ittifoqçilari, jumladan BAA va Misr ham Qatar bilan diplomatik aloqalarni noma'lum muddatgaça töxtatib qöygan. Qatar rasmiylar faol terroristik guruhlarni moliyaviy qöllab turganlikda va Eron şialari bilan aloqada bölganlikda ayblanmoqda.













