Bugun 1 avgust. Mamlakatimizdagi Oliy ta'lim muassasalarida davlat test imtihonlari bölib ötdi. Kun.uz ijodiy jamoasining iş kuni odatiy tartibdan biroz ertaroq boşlandi. Kamera va ovoz yoziş jihozlari oliy ta'lim muasssalari va abituriyentlarga qaratilgan. Hamma hayajon va betakror hislar qurşovida. Imtihon jarayoniga mas'ul şaxslar esa ziyrak va huşyor. Dastlab Toşkent axborot texnologiyalari universitetida böldik. 

Ma'lumotlarga qaraganda bu yil Toşkent axborot texnologiyalari universitetiga 12 mingdan ziyod abituriyentlar hujjat topşirgan bölib, ulardan 1600 nafari talabalik safiga qabul qilinadi. Aytiş kerakki, bu yil davlat test imtihonlarida şaffoflikni ta'minlaş, adolat mezonlariga töla amal qilişga erişişga alohida ahamiyat qaratildi. Xususan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalaniş ham joriy etildi. Jumladan, Toşkent axborot texnologiyalari universitetida barmoq izlari orqali abituriyentlar şaxsini aniqlaş böyiça maxsus jihozlar qöllandi. Tekşiruv va nazorat kuçli. 

Ammo taşkiliy işlardagi kamçiliklar ham yöq emas. Quyidagi videotasvirda abituriyentlar va kuzatuvçilar uçun şaroitlar yetarli darajada emasligini köriş mumkin.